"Manchester Yunayted" darvozabonining sotuvi borasida kelishuvga erishdi

Mirjalol Normatov
27 avg 2023, 12:11
"Manchester Yunayted" darvozabon Din Xendersonni "Kristal Pelas"ga sotadi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, tomonlar darvozabonning 15 mln funt evaziga transferi borasida kelishuvga erishishgan. Shuningdek, yana 5 mln funt bonuslar tarzida vada qilinadi. Shuningdek, mankunianliklarga posbonning keyingi sotuvidan ham pul o'tkazib beriladi.

26 yoshli posbon yaqin vaqtlarda Londonga borib, klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

O'tgan mavsumni Xenderson "Nottingem Forest" tarkibida ijarada o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic