

30 yoshli braziliyalik "ko'klar" safida asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotgan. Lekin, Jahon chempionatiga oz qolgan bir pallada o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi va klubini o'zgartirmoqchi.
Ma'lumotlarga ko'ra, o'yinchining xizmatlariga oldinroq "Chelsi"da Luiz bilan birga ishlagan MYU ustozi Joze Mourinyo qiziqmoqda.
Hozircha tomonlar transfer summasini kelishib olganlari yo'q. Lekin, Konte va Mourinyo o'rtasida kechayotgan so'z "jang"i bu kelishuvga halaqit qilib qolishi mumkin.




