

Ayni damda manchesterliklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralar o'tkazishmoqda, chunki forvardga boshqa klublar tomonidan ham qiziqish borligini bilishadi. Ma'lum qilinishicha, "Manchester Yunayted" dastlabki aloqalardan keyin optimistik ruhda ishni davom ettirmoqda. Eslatib o'tamiz, braziliyalikning shartnomasida 62,5 million funt sterling miqdorida tovon puli belgilab qo'yilgan.
Kunya "Vulverxempton"ga 2023 yil "Atletiko"dan o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsum 25 yoshli forvard barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 4 ta assist berdi.
"Transfermarkt" portali braziliyalikni 55 million evroga baholamoqda.



