"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Xolandni kuzatmoqda

Alisher
13 fev 2021
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Erling Xoland haqida gapirdi.

"Men uni kuzatmoqdaman. Biz 18 oy davomida birga bo'lganmiz. U "Borussiya"da ajoyib natijalar ko'rsatmoqda. Ko'ramiz, bu nima bilan yakunlanar ekan. U barchasini uddalayotgani zo'r.

Biz eng kuchli jamoa, u esa eng kuchli o'yinchi bo'lishni xohlaydi. U yakunda qayerda o'ynashni aytishni xohlamayman. Uning o'zi qaror qabul qilishi kerak", - deydi Sulsher.

Xoland joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: VG