

"Men o'zini bosslardek ko'rsatishni xohlaydiganlardan emasman. O'yinchilar buni mayda detallarda his qilishadi. Shuningdek ko'p jilmayishim mumkin, ammo ish jarayonida boshqa insonga aylanaman. Ular buni tushunishadi", - dedi Amorim.
"Manchester Yunayted" 1 noyabrda Amorimni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlagandi. 39 yoshli portugaliyalik mutaxassis Angliya klubi bilan bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2027 yilning iyuniga qadar shartnoma imzoladi.



