"Manchester Yunayted" "billuri" safga qaytdi

Mirjalol Normatov
12 mar 2025
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Meyson Maunt safga qaytdi.

Futbolchi muvaffaqiyatli operaciya qilinganidan so'ng davolandi va umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Eslatib o'tamiz, Maunt 2024 yil 15 dekabrida "Manchester Siti"ga qarshi o'yin vaqtida jarohat olgandi. Shundan keyin u maydonga tushganicha yo'q.

Maunt bir yarim yildan buyon mankunianliklar a'zosi hisoblanadi. U doimiy jarohatlarngi davolash bilan band bo'lib qolgan. Ushbu mavsumda u 12 o'yinda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com