Manchester Yunayted asosiy himoyachisidan bir yilga ayrilgani uchun yozda 90 million evroga himoyachi sotib olmoqchi

Khoja
14 fev 2025, 10:55
Ruben Amorim jamoasi himoya chizig'ini kuchaytirish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Manchester Yunayted RB Leyptsig himoyachisi Kastello Lyukebaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. 22 yoshli himoyachining shartnomasida 90 million evro tovon puli belgilab qo'yilgan. Qizil iblislar esa ushbu summani to'lashga tayyor.

Ma'lumot uchun, himoyachi nemis jamoasida 2023 yildan beri harakat qilib keladi. U joriy mavsum 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Fransiyalik himoyachining RB Leyptsig jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarket futbolchini 50 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com