"Manchester Yunayted" - "Arsenal". O'zaro o'yinlarda qaysi jamoa ustun?

Aslanov Jasurbek
5 dek 2018, 15:10
Bugun, 6 dekabrga o'tar kechasi "Old Trafford"da "Manchester Yunayted" hamda "Arsenal" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasining 15-tur uchrashuvi o'tkaziladi.

Bu bahs Angliya futbolidagi eng ahamiyatli to'qnashuvlardan biri hisoblanadi. Angliya Premer-ligasida hukmdorlik uchun kurash 1990 yildan boshlangan. Keyin esa bu o'yin ser Aleks Fergyuson va Arsen Venger to'qnashuviga aylanib ketgan. Ushbu gigantlarning navbatdagi "jangi"dan avval MYU hamda "to'pchilar" o'rtasidagi uchrashuvlar statistikasini e'tiboringizga havola qilamiz.

"Manchester Yunayted" vs "Arsenal"
"Arsenal"Statistika"Manchester Yunayted"
228O'zaro o'yinlar228
82G'alaba96
50Durang50
96Mag'lubiyat82

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia