"Manchester Yunayted" Arauxo uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
11 yanv 2025, 23:00
"Manchester Yunayted" "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo uchun kurashga qo'shildi.

"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim klub bosslaridan urugvaylik o'yinchini xarid qilishni so'radi. Portugaliyalik mudofaa chizig'ini kuchaytirishni xohlaydi.

Himoyachi uchun "Yuventus" bosh da'vogar hisoblanadi. Arauxo bilan shartnoma imzolashni shuningdek "Arsenal" ko'rib chiqmoqda.

Futbolchi "Barselona" safida jami 151ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assist qayd etgan. Transfermarkt Kataloniya klubi o'yinchisini 55 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es