"Manchester Yunayted" Aleks Sandro bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2018, 17:45
"Manchester Yunayted" "Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi.

"Sunday Times" nashri hodimi Danken Kaslz ma'lumotiga ko'ra, "Yuventus" futbolchi bilan xayrlashishni istamayapti. Ammo "Manchester Yunayted" braziliyalik uchun katta mablag' to'lashga tayyor. Undan tashqari mankunianliklar Sandroning maoshini ham anchagina ko'tarib yuboradi.

Aleks o'tgan mavsum A Seriyada "Yuventus" tarkibida 26 uchrashuvda qatnashdi va 4 gol urib, shuncha golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sunday Times