"Manchester Yunayted" A Seriyadan yana bir xavbekni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
9 avg 2022, 20:07
Mankunianlar Italiya klublarini kuzatib borishmoqda.

Jurnalist Jeyson Bertning aytishicha, "qizil iblislar" "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni xarid qilish haqida jiddiy o'ylashmoqda.

Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" allaqachon birinchi taklifni jo'natishga hozirlik ko'rmoqda. Muzokaralar qiyin kechishi aniq, chunki futbolchining shartnomasi bir yildan keyin tugashiga qaramay, "Lacio" Milinkovich-Savich uchun 60 million evro talab qilmoqda.

Milinkovich-Savich A Seriyaning avvalgi mavsumida 11 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining o'zi ham shu yozda "Lacio"ni tark etish niyatida, ammo klub rahbariyati u xohlagan 60 million evroni ololmasa, uni qo'yib yubormoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, avvalroq MYU "Yuventus"dan Adrien Raboni transfer qilishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports