"Manchester Yunayted" 101 yil o'tib "Nyukasl"ga ketma-ket uch o'yinda yutqazdi

Mirjalol Normatov
3 dek 2023, 14:56
"Nyukasl" bir asrdan ko'proq vaqt o'tib, "Manchester Yunayted"ni ketma-ket uch marta mag'lub qildi.

Kecha tunda Eddi Xau shogirdlari APLning 14-turida o'z maydonida mankunianliklarni 1:0 hisobida mag'lub qildi.

"Yunayted" ushbu raqibini so'nggi marta 26 fevral kuni Liga Kubogi finalida 2:0 hisobida mag'lub qilgandi. Shundan keyin "qarg'alar" MYUdan APLda ustun kelgan, keyinchalik Liga Kubogidan chiqarib yuborgandi. Tunda esa ligada yana bir bor MYU ustidan zafar kuchdi.

"Squawka" ma'lumotiga ko'ra, "Nyukasl"da bunday holat so'nggi marta 1922 yilda sodir bo'lgan va "Yunayted"ni ketma-ket uch marta mag'lub qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Squawka