"Manchester Yunayted" Shnayderlin borasida "Sautgempton"ga yaxshilangan taklif tayyorlayapti

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2015, 21:45
"Manchester Yunayted" "Sautgempton" yarim himoyachisi Morgan Shnayderlinni qo'lga kiritish uchun yaxshiroq taklif yubormoqchi.

Birinchi taklif 28 mln. evro bo'lgan edi, ammo ikkinchi tomon bunga rozi bo'lmadi. Endi mankunianlar "Sautgempton"ga bundanda ko'proq mablag' taklif qilmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, MYU bosh murabbiyi Lui van Gal Shnayderlinni AQSH turnesi boshlangunga qadar o'z jamoasida ko'rmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com