"Manchester Yunayted" Alberto Moreno uchun kurashmaydi

Tolibjon Qosimov
3 yanv 2014, 12:25
"Manchester Yunayted" "Sevilya" himoyachisi Alberto Morenoni sotib olish fikridan vos kechdi.
Estadio Deportivo nashirining xabar berishicha, ispaniyalik avval boshida "MYU" qiziqishlari doirasida bo'lgan. Ammo "Sevilya" himoyachini qo'yib yuborishni istamagani ingliz klubining bu fikrdan qaytishiga sabab bo'lgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, manchesterlilklar ayni vaqtda himoya chizig'ini kuchaytirish uchun harakat qilishyapti va Lyuk Shou, Fabiu Koentrau va Leyton Beynslarga qiziqish bildiryapti.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru