Manchester va Liverpul derbilari haqiqatdan ham qoldiriladimi? (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
9 dek 2017, 17:10
Ertaga, 10 dekabr kuni "Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi Mankunian derbisi kutib turibdi.

Liverpulda esa Yurgen Klopp jamoasi "Everton" bilan derbi g'olibini aniqlashadi. Ammo, ushbu derbilar Angliyadagi noqulay ob-havo tufayli qoldirilishi mumkinligi e'lon qilindi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumot va suratlar orqali Manchester hamda Liverpuldagi holat va ob-havoni o'rgandik.


MANCHESTER

Ushbu surat kecha Manchester shahrida bo'lib o'tgan qor bo'roni paytida olingan. Ayni damda shaharda havo harorati 3 daraja iliq. Derbi bo'ladigan kun (ertaga) Manchestyerda qor yog'ishi kutilmoqda. Uchrashuv tashkilotchilari qor bo'roni bo'lmasligiga umid qilishmoqda.

MANCHESTER
Kun9 dekabr10 dekabr11 dekabr
Kunduzi3 daraja1 daraja1 daraja
Kechasi-3 daraja-5 daraja-4 daraja


"Old Trafford"ning ayni damdagi holati / Instagram


LIVERPUL

Ayni damda Liverpul shahrida havo harorati 4 daraja iliq. "Enfild"dagi derbiga xuddi Manchestyerdagi kabi qor bo'roni to'sqinlik qilishi mumkin. "Liverpul" afsonasi Stiven Jerrard qo'l ostidagi "qizillar" yoshlari 8 dekabrda yaxshigina qor yog'ib o'tgani sababli tonggi mashg'ulotni oppoq maydonda o'tkazishga majbur bo'lishdi.





LIVERPUL
Kun9 dekabr10 dekabr11 dekabr
Kunduzi4 daraja1 daraja2 daraja
Kechasi-2 daraja-2 daraja-1 daraja


Ob-havo ma'lumotlari accuweather.com saytidan olindi.

Suratlar manbasi: DailyMail, anfieldhq.com, Instagram.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia