"Manchester Siti" Zinchenkoning kelajagini belgiladi

Alisher
19 iyun 2021, 17:39
"Manchester Siti" rahbariyatining ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko bo'yicha poziciyasi ma'lum bo'ldi.

24 yoshli o'yinchi jamoada qoladi. "Shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola Aleksandr keyingi mavsum klubga kerak bo'ladi deb hisoblaydi.

Zinchenko "Siti"da 2016 yilning yozidan beri o'ynaydi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Aleksandr o'tgan mavsum Angliya chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Manchester Evening News