"Manchester Siti" yozda "Chelsi"dan ketadigan futbolchi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
1 iyun 2023, 20:54
"Chelsi" futbolchisi Mateo Kovachich "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin.

Oldinroq "shaharlikar" futbolchining transferi borasida faol muzokaralar olib borayotgani, "Chelsi" esa futbolchisining ketishidan kamida 35 mln funt ishlab olishni istayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi. Yaqin vaqtlar ichida xavbekning "Manchester Siti"ga o'tishi aniq bo'ladi. Uning yozda "Chelsi"dan ketishi oydinlashib bo'lgan.

Yakunlangan mavsumda futbolchi APLning 27 o'yinida qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano