

"Shaharliklar" 19 yoshli forvardni Braziliyada yangi mavsum boshlanish arafasida o'z vataniga tajriba orttirish uchun ijara shartnomasi bilan qaytarib yuboradi. Forvard mavsumning birinchi qismini o'tkazgan Portugaliyaning "Pasush de Ferreyra" jamoasidan qaytarib chaqirib olinadi.
APL vakili yosh hujumchini 2020 yilda "Fluminense"dan xarid qilgan edi.
Kayki joriy mavsum Portugaliya klubi tarkibida jami 9 ta o'yinda maydonga tushirildi va biror samarali urinishni amalga oshirmadi.



