​"Manchester Siti" va "Arsenal" Chengiz Underga qiziqish bildirmoqda

22 mar 2018, 14:04
Italiyaning "Roma" klubi futbolchisi Chengiz Under Angliya klublarining qiziqish doirasiga tushib qoldi.

Turkiyalik futbolchini "Manchester Siti" va "Arsenal" jamoalari kuzatib borishmoqda, deya xabar bermoqda Calciomercato nashri. Italiyaliklar futbolchini sotishga shoshilmayapti. Klub turkiyalik futbolchini jamoaning kelajagi deya tariflamoqda. Chengiz Under "Roma"ga o'tgan yili yozda ko'chib o'tgandi. Under joriy mavsumda "Roma" tarkibida 21 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 5 marotaba ishg'ol qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru