Manchester Siti Sampdoriya himoyachisini sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2014, 13:33
Manchester Siti Sampdoriyaning markaziy himoyachisi Shkodran Mustafiga qiziqib qoldi, deb xabar bermoqda Goal.com.
Angliya klubi yozda himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi. Mustafi eng asosiy nomzodlardan biri deb hisoblanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Mustafi mart oyida Germaniya terma jamoasining Chiliga qarshi o'yiniga chaqirilgandi (1:0), biroq maydonga tushmagandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru