"Manchester Siti" "River Pleyt" xavbeki uchun kurashni boshladi

Alisher
16 apr 2022, 13:47
Angliya klubi yozda "River Pleyt" o'yinchisi Enco Fernandesni yozda o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Man Siti" 21 yoshli argentinalik uchun kurashda "Manchester Yunayted" va Madridning "Real" klubi bilan raqobat qilishi kerak.

Enco Fernandesning Argentina klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning dekabriga qadar mo'ljallangan.

O'yinchi 2022 yilgi mavsum Argentina chemponati doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sports Illustrated