

“Manchester Siti” rahbariyati Kalidu Kulibali transferi yuzasidan “Napoli” vakillari bilan kelisha olmayapti. Qayd etilishicha, muzokaralar juda sekin va murakkab o'tmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kulibali allaqachon “shaharliklar” bilan shaxsiy kelishuvga ega.
“Siti” Kulibali transferini tezroq hal qilib, bor e'tiborini Leo Messi bilan bog'liq vaziyatga qaratmoqchi ekanligi aytilmoqda.



