"Manchester Siti" muxlislari uchun xushxabar

Aslanov Jasurbek
19 okt 2018, 18:25
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne "Byornli"ga qarshi APLning 9-tur uchrashuvida maydonga tushishga tayyor.

Oldinroq, "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola belgiyalik safga qaytganini e'lon qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, De Bryuyne avgust oyi o'rtalarida klub bazasida o'tkazilgan mashg'ulotda jarohat olgandi. Avvaliga futbolchining tiklanishi uchun 3 oy kerak bo'lishi aytilgan edi, ammo u muddatidan avval safga qaytdi.

"Manchester Siti" - "Byornli" o'yini 20 oktyabr kuni Manchestyerdagi "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports Italy