"Manchester Siti" mavsumning "Eng yaxshi futbolchisi"ni e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
13 iyun 2023, 11:20
Muxlislar ishtirokidagi so'rovnoma natijalariga ko'ra hujumchi Erling Xoland "Manchester Siti"ning 2022/23-yilgi mavsumdagi "Eng yaxshi futbolchisi" deb topildi.

Norvegiyalik 53 ta o'yinda 52 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Shuningdek, futbolchi APLning bir mavsumdagi gollari bo'yicha rekordni yangiladi.

Ikkinchi o'rin Kevin De Bryuynega nasib qildi. KDB jamoaning eng yaxshi assistenti bo'ldi (16 ta golli uzatma). Uchinchi o'rin esa himoyachi Natan Akega nasib qildi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: talksport.com