"Manchester Siti" Jezusni arzon narxda "Barselona"ga sotib yubormoqchi

Оқил Абдубарноев
20 apr 2022, 22:09
"Manchester Siti" hujumchi Gabriel Jezus uchun narx talabini belgiladi.

25 yoshli braziliyalik futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Marca xabariga ko'ra, kataloniyaliklarga Jezusni yozda sotib olish uchun 30 million evro etarli bo'lishi mumkin. Uning bunday arzon narxda sotilishi ikki omil bilan bog'liq: birinchidan, hujumchining shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi, ikkinchidan, "shaharliklar" hujumning oldingi pog'onasidagi poziciyani mustahkam egallaydigan Erling Xoland bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Joriy mavsum Gabriel Jezus "Siti" safida barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca