"Manchester Siti" himoyachisi "Shtutgart"ga ko'chib o'tdi

14 may 2018, 16:04
Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi himoyachisi Pablo Maffeo Germaniyaning "Shtutgart" klubiga ko'chib o'tdi.

Bu haqda "shaharliklar" rasmiy sayti e'lon qildi. 20 yoshli ispaniyalik futbolchi "Shtutgart" jamoasi bilan to'liq shartnomaga imzo chekdi. "Shtutgart" futbolchining transferini to'liq sotib oldi. So'ngi ikkita mavsumni Maffeo "Jirona" jamoasida ijara asosida o'tkazdi. Joriy mavsumda Maffeo "Jirona" jamoasi tarkibida La ligada 32 uchrashuvda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru