Manchester Siti himoyachisi faoliyatini A Seriyada davom ettiradi

Khoja
13 yanv 2025, 10:57
Manchester Siti himoyachisi Kayl Uoker faoliyatini A Seriyada davom ettirishga qaror qildi.

34 yoshli futbolchi Milan bilan 2 yarim yilga mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

Ushbu transfer amalga oshishida Milan vakili Zlatan Ibragimovich muhim rol o'ynadi. Aynan Zlatan Kaylni Milanga o'tishga ko'ndirgan.

Ma'lumot uchun, Kayl Uoker 2017 yildan beri shaharliklar libosida harakat qiladi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com