

Bu haqda "TalkSPORT" xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, 31 yoshli portugaliyalik kelasi yozda shartnomasi yakunlanganidan keyin Saudiya Arabistoniga o'tishni ko'rib chiqmoqda. Unga "Al Ahli" va "Al Qodisiya" qiziqish bildirmoqda, shuningdek, da'vogarlar orasida "Al Nassr" ham bor.
Silva 2024/25 yilgi mavsum 52 uchrashuvda 6 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning "Siti" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uning transfer qiymatini 38 million evroga baholagan.



