"Manchester Siti" braziliyalik futbolchisi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019, 13:13
Braziliya termasi futbolchisi "Etixad"da ko'proq ushlanib qolishi mumkin.

"Manchester Siti" rahbariyati Fernandino bilan shartnomani 12 oyga uzaytirmoqchi. Braziliyalikning "shaharliklar" bilan hozirgi shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan.

34 yoshli Fernandino 2013 yilda "Shaxtyor"dan "Siti"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u jamoasi tarkibida 42 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal