"Manchester Siti" asosiy xavbeki bo'lajak o'yinlarni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
20 sen 2023, 19:33
Futbolchi jarohat olgan.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva jamoaning bo'lajak o'yinlarida qatnashmaydi. Bu haqda "Evening Standard" nashri xabar bermoqda.

Futbolchi Chempionlar Ligasi 1-turidan o'rin olgan "Crvena Zvezda"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Portugaliyalikning tiklanish muddati hozircha noma'lum.

"Manchester Siti"ning navbatdagi o'yini 23 sentyabr kuni o'z maydonida "Nottingem Forest"ga qarshi o'tadi. Shuningdek, "shaharliklar" oy oxiriga qadar Liga Kubogida "Nyukasl" (27 sentyabr) va APLda "Vulverxempton" (30 sentyabr) bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard