"Manchester Siti" APLda 5 ta o'yindan beri kamida uchta gol urmoqda

Aziz Tukhtamuradov
12 may 2022, 09:33
"Manchester Siti" APLdagi so'nggi 5 ta o'yinida 22:2 to'plar nisbatini qayd etdi.

"Shaharliklar" bu o'yinlarda "Brayton" (3:0), "Uotford" (5:1), "Lids" (4:0), "Nyukasl" (5:0) va "Vulverxempton" (5:1) jamoalarini mag'lub etishdi. 

Angliya yuqori ligasi tarixida xech qaysi jamoa ketma-ket beshta o'yinni uchtadan ko'p gol urib yutmagan. 

Endi Pep Gvardiola jamoasi 15 may kuni "Vest Xem"ga qarshi o'ynaydi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta