Manba: Umtiti "Barselona"dan ketadi

Sherzod Nurmatov
25 iyun 2022, 20:34
Fransiyalik futbolchi o'ziga yangi klub izlaydi.

"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti kataloniyaliklar safini tark etadi, deb xabar berdi L’Equipe. Manbaga ko'ra, futbolchiga Italiya va Fransiya klublari qiziqmoqda. Shuningdek, "Jirona" varianti ham bor. Klub prezidenti Pere Gvardiola futbolchiga qiziqish bo'layotganini tasdiqladi.

28 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsumda La Ligada atigi 1 ta o'yin o'tkazdi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan bitimi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi.

Avvalroq "Barselona" Gavi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayotgani xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L’Equipe