Manba: Roys "Borussiya D" murabbiyiga qarshi isyonga boshchilik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
21 dek 2023, 10:35
"Qovog'arilar"da vaziyat notinch.

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys bosh murabbiy Edin Terzichga qarshi chiqdi va futbolchilarni o'zidan o'rnak olishga chaqirdi. Bu haqda "Bild" nashri klubdagi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "qovog'arilar" faxriysi va jamoa murabbiyi o'rtasidagi munosabatlar joriy mavsumda yomonlasha boshlagan. Bungacha ular orasida hammasi yaxshi edi. 

Klub futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishida Terzich muhim rol o'ynagandi. Biroq Roys endi murabbiyga qarshi. U murabbiyining bazi, jumladan, o'yin vaqtidagi qarorlari yoqmayapti. "Borussiya"ning boshqa o'yinchilari futbolchini qo'llab-quvvatlayaptimi yoki yo'q, hozircha noma'lum, biroq avvalroq Gregor Kobel, Niklas Fyullkrug va Yulian Brandt Terzichning taktik qarorlari haqida salbiy fikr bildirishgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild