Manba: Joze Mourinyu Saudiya Arabistoni klubi taklifini rad qildi

Sherzod Nurmatov
15 iyun 2023, 12:17
Portugaliyalik mutaxassis Yevropa top-jamoasini boshqarmoqchi.

Joze Mourinyu Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi vakillari bilan uchrashdi, deb xabar berdi "Sky Sport Italia". 

Portugaliyalikka juda katta maosh taklif qilishdi, ammo u rad javobini berdi.

Joze Mourinyu "Roma" bilan 2024 yilning yoziga qadar mshhljallangan shartnoma tuzgan. U Rim klubi bilan ikki marta A Seriyada 6-o'rinni egalladi, lekin Yevropa musobaqalarida ancha muvaffaqiyatli ishtirok etdi – 2022 yilda Konferenciya Ligasida g'olib chiqdi va 2023 yilda Yevropa Ligasi finaliga chiqdi.

Ma'lumki, Joze Mourinyuga PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia