

Shaharliklar yozdagi asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi. Ular Nottingem Forestning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni sotib olmoqchi. Siti rahbariyati ushbu futbolchi bo'yicha o'rmonchilar bilan dastlabki muzokaralarni boshlash arafasida. Avvalroq, Nottingem Forest o'z yetakchisini 100 million evrodan qimmatroqqa sotishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Morgan Gibbs-Uayt joriy mavsum 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.



