"Man Siti" "Leyptsig" o'yinchisi uchun "Real" bilan kurashadi

Alisher
30 mar 2020, 16:33
APLning so'nggi ikki yildagi chempionlari "Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekanoni kuzatishmoqda.

21 yoshli fransiyalik futbolchining "buqalar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 50 million evroni tashkil etadi.

Markaziy himoyachining o'zi klub rahbariyatiga yozda klubini o'zgartirmoqchi ekanligi haqida xabar bergan.

"Man Siti"dan tashqari Upamekanoga "Real", "Liverpul", "Barselona", "Milan" va "Bavariya" klublari qiziqish bildirmoqda.

Upamekano joriy mavsum "Leyptsig" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports