"Man Siti" Kelvin Fillips transferi borasida kelishuvga erishdi. Transfer qiymati 45-50 mln funt bo'ladi

Administrator
25 iyun 2022, 00:02
Kelvin Fillips "Siti"ga o'tmoqda.

"Manchester Siti" klubi "Lids" tayanch yarim himoyachisi Kelvin Fillips bilan kelishib oldi. Shaxarliklar futbolchi uchun 45-50 mln funt atrofida to'laydilar. 

Ma'lumot uchun, avvalroq ushbu futbolchiga MYU ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Ammo futbolchi allaqachon "Manchester Siti" bilan kelishib qo'ygan. 

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli futbolchi o'tgan mavsum 20 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli pas bergan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports