"Man Siti" futbolchisi bilan shartnomani 2031 yilga qadar uzaytirdi

Alisher Ostonov
4 okt 2025, 13:37
Savio Moreyra "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Yangi kelishuv 2031 yil yozigacha mo'ljallangan.

Braziliyalik futbolchi 2024 yilda Angliyaga ko'chib o'tgan va shu vaqt ichida "shaharliklar" safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 3 ta gol urgan. Joriy mavsumda uning hisobida 6 ta o'yin va 1 ta gol bor.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: mancity.com