

Oldinroq, 29 yoshli argentinalik futbolchi Nigeriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi (2:4) tanaffusida kiyim almashtirish xonasida xushidan ketgan va shifoxonaga olib ketilgani xabar qilingandi. Aguero qon bosimi kutilmaganda tushib ketgani aniqlangandi.
U xushidan ketmagan. Shunchaki uning boshi aylangan xolos. Serxioni shifoxonaga shunchaki ehtiyot shart olib borishgan.
Klub shifokorlari Lesterga qarshi o'yindan oldin Agueroning holatini o'rganib chiqadi, – deb yoziladi Man Siti bayonotida.




