

Yaqinda yana to'rt nafar hamyurtimiz Bangladeshga yo'l oldi. Tajribali himoyachi Ildar Mamatkazin bir yillik tanaffusdan keyin yana katta futbolga qaytdi va faoliyatini xorijda davom ettirishga qaror qildi. Andijonlik futbolchi 2020 yilgi mavsumda O'zbekistonning hech bir jamoasida ko'rinish bermagandi. Yaqinda u "Arambax" klubi bilan shartnoma tuzdi.
Shuningdek Mamatkazin bilan birga Xolmurod Xolmurodov, Dilshod Nazirov hamda Islomjon Abduqodirov ham "Arambax" jamoasiga o'tdi.
Ma'lumot uchun Bangladesh chempionatida 13 ta jamoa ishtirok etadi. "Arambax" 12-turdan so'ng turnir jadvalida autsayder bo'lib turibdi.
Yana bir ma'lumot Bangladesh chempionatining ikkinchi davra o'yinlariga 9 apreldan start berilishi rejalashtirilgandi. Ammo bu davlatda karantin 5 apreldan kuchaygani sababli, chempionatning ikkinchi qismi hozircha boshlanmasdan turibdi. Shu sababli yangi borib qo'shilgan to'rt nafar legionerlarimiz debyut uchrashuvini o'tkazishmadi.



