La Liga. Bugun "Barselona" o'ynaydi

Alisher
13 iyun 2020, 11:35
Barchamiz orziqib kutgan La Liga o'yinlari qaytdi.

Bugun chempionatda yetakchilik qilayotgan "Barselona" bosh autsayderlardan hisoblangan "Malorka" maydoniga safar uyushtiradi.

Xo'sh, "Barselona" "Real"dan ikki ochko ko'p jamg'argan holda, jadvalda yetakchilik qilmoqda. Ammo, "Barsa"ning mag'lubiyati va "Real"ning g'alabasi bu o'rinlarni almashishga olib keladi. Shuningdek, chempionlik uchun kurashga uchinchi jamoaning qo'shilishi qiyin masala. Buning uchun ikki grand ochkolar yo'qotishi kerak. "Ko'k-anorranglilar" bugungi o'yinga yaxshi kayfiyatda kelishgan. Sababi Luis Suares safga qaytgan. Jarohati borligi aytilgan Lionel Messi ham o'yinga 100% tayyor.

"Malorka"ning esa o'z maqsadlari bor. "Qizil-qoralar" xavfli hududda turishibdi (18-o'rin). Bundan tashqari, Visene Moreno shogirdlari pauzaga qadar muntazam ochkolarni qo'lgan kiritishdi. So'nggi 5ta o'yinda 2ta g'alaba, 1ta durang va 2ta mag'lubiyat. Ammo, umidsizlikka tushishga hojat yo'q. Hammasi jamoaning o'z qo'lida. 17-o'rindagi "Selta" bilan oradagi farq atigi 1 ochko tashkil etadi. Shunga qaramasdan, "Malorka"ning "Barselona" bilan o'yinda ochko olish ehtimoli juda kam.

Eslatib o'tamiz, bugun bo'lib o'tadigan "Malorka" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'yin championat.asia tomonidan matnli translyatsiya qilinadi.

LA LIGA TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING


Virtual fanatlar va intershum. Kecha La Liga o'yini Bundesligadan ko'ra ancha jonliroq ko'rindi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia