

"Ayni damda Simeone dunyoning eng yaxshi murabbiyi. U o'tgan mavsumda ajoyib ishladi va jamoaviy o'yin tashkil qila oldi. "Atletiko" hozir xuddi yaxshi ishlaydigan mexanizmga o'xshaydi.
Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynash qiyin, ammo bu narsa bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Biz ularning "Yuventus" bilan bo'lgan uchrashuvini ko'rdik, raqibni to'xtatib qolish qiyin, ammo bunga intilamiz" - deydi murabbiy.



