Malkom: “Qiyin bahslarda maydonga tushib, Valverdega o'zimning mahoratimni ko'rsatmoqchiman”

21 noya 2018, 21:55
“Barselona” yarim himoyachisi Malkom Yevropa chempionlari ligasida gol urib, o'z orzusiga erishganini ta'kidlab o'tdi.

“Men ispanchani o'rganayapman va bu yerdagi muhitga tez moslashyapman. Jamoada bir oiladekmiz, hamma bir biriga yordam berishni istaydi. Mashg'ulotlarda ko'p hazillashamiz. Munosabatlarimiz yaxshilanib bormoqda.

YCHLda debyut qilishni istagandim,. 10 daqiqami, undan kamroqmi, muhimi maydonag tushishni xohlardim. Bu mening bolaligimdagi orzuim edi. Qolaversa, men gol urishga erishdim. Bu bir umr esdan chiqmaydigan holat. Men YCHLda gol urishni istagandim, ammo bu qadar kuchli jamoaga gol uraman deb o'ylamagandim. Koutinodan pas qabul qilib olganimda, himoyachilarni aldab o'tishga qaror qildim. Murabbiy ham mendan shuni talab qilmoqda. Bu qanday amalga oshdi bilmadimu, ammo zarba  berdim va bu golga aylandi. Bundan xursandman.

O'yindan so'ng onamga qo'ng'iroq qildim va u yig'lab yubordi. Bolaligimda men unga “Barselona” safida YCHLda to'p tepishni orzu qilishim haqida gapirardim”, deydi Malkom.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca