Maldini: "Milan" yana bir necha transferlarni amalga oshiradi"

Mirjalol Normatov
6 sen 2020, 12:37
"Milan" yozgi transferlar oynasi vaqtida bir necha maqsadlarni o'ylab qo'ygan.

Bu haqida milanliklar sport direktori Paolo Maldini ma'lumot berdi.

"Bizda variantlar ko'p. Transferlar oynasi ochilgunga qadar biz ro'yxat tuzib qo'ygandik. Shu yo'nalishda xotirjam ishlayapmiz. Agarda ularni sotib olish imkoniyati tug'ilsa, bundan foydalanamiz", - dedi Maldini.

Bir necha kunlar oldin "Milan" Braim Diasni "Real"dan ijaraga olgandi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal