Malayziya chempionati. Shoahmedov gol urdi, jamoasi esa jangovar durang o'ynadi

Eldor Akmurzayev
11 mar 2020, 20:50
Malayziya Superligasining 3-turida “Terengganu” uyda “Selangor”ni qabul qildi va shiddatli o'tgan bahsda murosa (3:3) yo'li tanlandi.

Mezbonlar safida harakat qilayotgan o'zbekistonlik futbolchi Sanjar Shoahmedov esa bahs asosiy daqiqalardan boshladi va 2-taym o'rtalarida raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu Sanjarning chempionatdagi 2-gol bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, “Terengganu” keyingi turni 14-mart kuni “Petaling Jaya Siti”ga qarshi o'tkazadi. Shoahmedovning jamoasi chempionat jadvalida 4 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia