MakTominey 3-4 haftaga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
29 dek 2019, 13:41
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher matbuot anjumanida yarim himoyachi Skott MakTominey safdan chiqqanini ma'lum qildi.

Murabbiyning aytishiga ko'ra, garchi futbolchi "Nyukasl"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limini yakunlay olgan bo'lsa-da, uning o'ng oyog'ida jiddiy shikastlanish aniqlangan. Shu boisdan Skott taxminan 3-4 haftani maydondan tashqarida o'tkazib yuboradi.

U katta ehtimol bilan 30 yanvar kuni "Manchester Siti"ga qarshi kechadigan o'yinga qadar safga qaytishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal