Maksi Lopes: Ronaldu, Riberi va Neymarga Messi bilan raqobatlashish qiyin

22 okt 2013, 11:16
"Barselona" sobiq hujumchisi Maksi Lopes, Lionel Messi tomon maqtov so'zlari yog'dirdi. Bu haqida ispan matbuotiga asoslanib championat.com xabar bermoqda.
"Messi - buyuk yetakchi. "Barselona" hammada shakllanib qolgan futbol haqidagi qarashlarni o'zgartirib yubora oldi, Messi bo'lsa ushbu o'yinning asosiy yaratuvchilaridan biri. Uning raqobatchilariga bu safar ham "Oltin to'p"ni yutish qiyin bo'ladi. Buyuk futbolchilar ko'p: Ronaldu, Riberi, keyinroq Neymar ham ular qatoriga qo'shiladi. Biroq ularga Messi bilan raqobatlashish qiyin bo'ladi", dedi Lopes.

Manba: championat.com