Mak Allister YCHLda o'ynashni xohlaydi

Omonjon To`xtamirzayev
15 may 2023, 17:57
Aleksis Mak Allister agarda "Brayton"dan ketsa, Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan jamoaga safiga borib qo'shilmoqchi.

"The Athletic"ning xabar berishicha, yarim himoyachi faqatgina YCHLda ishtirok etadigan jamoadan taklif bo'lsa, "Brayton"ni tark etishga tayyor. Futbolchi xizmatlariga "Liverpul" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Hozircha Mak Allister hech bir klub bilan kelishuvga erishgani yo'q.

"Brayton" hali Aleksisni saqlab qolishiga ishonadi. Buning uchun klub Yevropa Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishi zarur.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia