Maykl Douson "Tottenxem" bilan yangi shartnoma imzoladi

5 okt 2013, 16:21
"Tottenxema" sardori Maykl Douson klub bilan 3 1illik yangi shartnomaga imzo chekdi.
Bir yil avval Andre Villash-Boash endigina klubni boshqara boshlagan vaqtlarda Dousonning "Uayt Xart Leyn"dagi faoliyati davom etishi shubha ostida qolgandi. Murabbiy bir necha bor ochiqchasiga Mayklning o'yini u ko'rmoqchi bo'lgan himoya chizig'iga mos kelmayotganligini takidlagandi.

Ammo Douson bu qiyin vaziyatni sharaf bilan engib o'ta oldi va Villash-Boash ishonchini qozondi. Endi esa klub o'zining himoyadagi yetakchi futbolchisini yangi shartnoma bilan rag'batlantirmoqda.

Ayni vaqtda 29 yoshga kirgan futbolchi London klubi safiga 2005 yilda "Nottingem Forest"dan kelib qo'shilgan edi.


Manba: fapl.ru