Maguayr: "Vest Xem" bilan kelisha olmadik"

Sherzod Nurmatov
14 sen 2023, 16:48
Futbolchi "bolg'achilar"ga o'tmadi.

"Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayr "Vest Xem"ga muvaffaqiyatsiz o'tish sababini aytdi.

"Biz shunchaki kelishuvga erisha olmadik. "Manchester Yunayted" qolganimdan xursand va men o'z o'rnim uchun kurashayotganimdan xursandman", – dedi futbolchi.

"Vest Xem" yozda  Maguayr uchun 35 million evro taklif qilgandi. Klublar shartnoma tuzishga yaqin edi, ammo mish-mishlarga ko'ra, futbolchining moliyaviy talablari tufayli transfer amalga oshmay qolgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Express